Kechagina qishloqdagi qizlarning bari
Menga sirli qiyo boqib qarashardi
Qaramasa uylariga tunda borib
Toshlar otib qochar edim yarashardi

Sahargacha atrofida aylanishib
Dilxun uyga qaytar edim bilishardi
Kimni kutib turibdi bu yigitcha deb
Devor osha mo`ralashib kulishardi

Bugun esa bo`z yigitman bo`zlaganim
Bolaligim olislarda qolib ketdi
Bir qishloq qiz orasida tanlaganim
Barmog`iga tilla uzuk taqib ketdi

Kechagina qishloqdagi qizlarning bari
Menga sirli qiyo boqib qarashardi
Qaramasa uylariga tunda borib
Toshlar otib qochar edim yarashardi

Qizlar endi devor osha mo`ralashib
Kimni kutib turibsiz deb so`rashmaydi
Ketolmayman bir hovliga o`ralashib
Toshlar otib qochay desam yarashmaydi

Kechagina qishloqdagi qizlarning bari
Menga sirli qiyo boqib qarashardi
Qaramasa uylariga tunda borib
Toshlar otib qochar edim yarashardi

Kechagina qishloqdagi qizlarning bari
Menga sirli qoshlar qoqib qarashardi
Qaramasa uylariga tunda borib
Toshlar otib qochar edim yarashardi