Yuragingda g’am bo’lmas
Mehribon onang bo’lsa
G’am chekkali dam bo’lmas
Mehribon onang bo’lsa

Baxtli kechar onlaring
Dard bilmagay jonlaring
Kulfatlaring ham bo’lmas
Mehribon onang bo’lsa

Izingdan qolib ko’zi
Asragay seni o’zi
Kiprigingda nam bo’lmas
Mehribon onang bo’lsa

Navo solib sehridan
Davo olib mehridan
Ruhing o’chgan sham bo’lmas
Mehribon onang bo’lsa

Ruhing o’chgan sham bo’lmas
Mehribon onang bo’lsa

Baland bilib izzatin
Mudom qilgin xizmatin
Aziz boshing xam bo’lmas
Mehribon onang bo’lsa

Yuragingda g’am bo’lmas
Mehribon onang bo’lsa
G’am chekkali dam bo’lmas
Mehribon onang bo’lsa

G’am chekkali dam bo’lmas
Mehribon onang bo’lsa
Jonajon onang bo’lsa
Mehribon onang bo’lsa