O'tti qancha bahor u yoz
Jondan o'ti sog'inch bir oz
Dardlaridan bo'lmadim halos
Oh fig'onlar esingdami

Sen ketib sho'xligim tindi
Olovli cho'g'ligim tindi
Sinovlarda sabrim sindi
Imtihonlar esingdami

Hotiram tinch qo'ymas yana
Yomg'ir yog'gar kun sana
Ikkimizga bo'lgan pana
Soyabonlar esingdami

O'sha ajib o'sha sirli
O'sha onlar esingdami
Bizlar birga bo'lgan nurli
bir zamonlar esingdam