Tun yarim bir yarim
Yorimni sog'inib ketdim
Yuragim to'la sog'inch dardlarim
Kulib tushgan rasmingga aytdim

Balki meni o'ylar shu on
Yo men haqimda so'ylar shu on
Bilmadim nega yarim tun yomon
Yorimni sog'inib ketdim

Meni qiynadi meni
Sog'inchli olov tuyg'u
Seni ko'rmasam seni
Ko'zlarimga kelmaydi uyqu

Tun yarim bir yarim
Yorimni sog'inib ketdim

Uyqularim ketdiku qochib
Sog'inch bugun haddidan oshib
Tong otmasdan visolga shoshib
Yorimni sog'inib ketdim

Tong otmasdan visolga shoshib
Yorimni sog'inib ketdim

Meni qiynadi meni
Sog'inchli olov tuyg'u
Seni ko'rmasam seni
Ko'zlarimga kelmaydi uyqu

Tun yarim bir yarim
Yorimni sog'inib ketdim