Dilbar qo‘linda sozi
Har nolasinda nozi
Noz uzra ishqi rozi
Ko‘zi xumor kuylar
Chertib dutor kuylar
Axo-oxo-oxo-xey Ax-ax-oxo-xey

Kuylar ko‘ngil xumorin
Ham sa’natin bahorin
Aytib ko‘ngilda borin
Gul yuz nigor kuylar
Ko‘zi xumor kuylar
Axo-oxo-oxo-xey Ax-ax-oxo-xey

Ko‘y gulvagar o‘zinday
Ohanglari so‘zinday
Ko‘zlarda yulduzinday
Yoriga zor kuylar
Ko‘zi xumor kuylar
Axo-oxo-oxo-xey Ax-ax-oxo-xey

Baxtin etib tarona
Kuylaydi yona-yona
Shu dilrabo zamona
Yax’yoga yor kuylar
Ko‘zi xumor kuylar
Axo-oxo-oxo-xey Ax-ax-oxo-xey