O`o`-o`o`-o`…
Arslon na’ra tortsa nafas ololmas bo`ri
Arslon na’ra tortsa qurir shoqolning sho`ri
Egilsang tuproqman kerilsang osmonman
Tanib ol na’ramdan – men arslonman ha
Men arslonman
Arslon na’ra tortsa to`fon yolin tarar

Xatar sezmas o`rmon ummonlar ham yayrar
Arslon na’ra tortsa zir titraydi samo ham
Shoqol-u tulkining poyi bo`lar nam
Yo`limni to`sma ey ko`ngli qora zot
Nahot bo`ronning ham yo`lin to`ssalar
So`ngra alam bilan ko`tarma faryod
Qurgan kapachangni buzib ketsalar
Arslon na’ra tortsa makring o`tmas yolg`on
Oshkor bo`lar haqiqat kuning bitar yomon

Men ham na’ra tortarman tortmasman ammo atay
Netay zotim arslon naslim sher bo`lsa netay
Arslon na’ra tortsa nafas ololmas bo`ri
Arslon na’ra tortsa qurir shoqolning sho`ri
Egilsang tuproqman kerilsang osmonman
Tanib ol na’ramdan – men arslonman ha
Men arslonman