Bizga bahor begonadur borgan sari
Ko‘nglimiz ham vayronadur borgan sari
Shodon erib yurar edik avvallari
Endi umr g‘amxonadur borgan sari

Tolibdimi yashamoqdan jismi jonim
Tan ichra dard pinhonadur borgan sari
Shifo so‘rab borsam manzil-makonlarga
Topar joyim xilxonadur borgan sari

Do‘sti-yor ham yiroqlashib sekin-sekin
Adovatlar xufyonadur borgan sari
Izlanaman yig‘lanaman ruhim qiyar
Yolg‘iz xudo hamxonadur borgan sari

Shoshdan ketar bo‘lsa Chorsham borgan yeri
Buxoroyu Farg‘onadur borgan sari
Bizga bahor begonadur borgan sari
Ko‘nglimiz ham vayronadur borgan sari