Daydi yillar g`uncha gullar
Ochilgan bog` aro bog` aro zor
O`sha gullar bilan go`zal bitta sanam
Meni qiynab bo`ladi dilozor
Ko`zlar xumor uni takror
Ko`raman deb yo`llarida zor-intizor
Lek u go`zal bilmas buni
Yuragimda sog`inchli so`zim bor

Qaramadi qayrilib so`ramadi bir kelib
So`ramadi bir kelib u go`zal holimni
Qaramadi qayrilib sevganimni u bilib
Atayin yondiradi dilimni
Endi ming bor qiynasa yor
Yoniga borib sevgimni etay izhor
Ko`zlarida so`zlarida bilaman
Menga bo`lgan ishqi bor

Baribir bir kuni o`zim bilan uni
Olib birga ketarman ketarman
Hozir esa yana eshitarmi deya
Shu nolali qo`shig`imni aytarman
Qaramadi qayrilib so`ramadi bir kelib
So`ramadi bir kelib u go`zal holimni
Qaramadi qayrilib sevganimni u bilib
Atayin yondiradi dilimni