Xayolan sen tomon yuraman,
Yiqilsam, yig’lamay kulaman.
Ha to’g’ri, men xato yo’ldaman,
Meni sevmanglar – men telbaman!

Ha aqlim yetmaydi, ongsizman,
Telbaman, chunki man sensizman.
Tikoni ko’p, yomon yo’ldaman,
Meni sevmanglar – men telbaman!

Qashshoqman, tuzukroq kiyimim yo’q,
Boymasman, hatto bir tiyinim yo’q.
Ha to’g’ri, men xato yo’ldaman,
Meni sevmanglar – men telbaman! (x2)

Kuydirding, suydirding, bir so’zsiz ketding,
Aytgin, mendan qochib, qaylarga yetding?
Maqsading shumidi? Maqsadga yetding.
Telba qilib qo’yib, qaylarga ketding? (x2)

Meni telba qilgan bir go’zal nigoh,
Shu nigohni ko’rsam, yuragim ey voh.
Izlayman, kezaman, eldaman,
Meni sevmanglar – men telbaman! (x2)

Ollohim yoritgan yo’ldaman,
Qo’rqmasman, ishonchli qo’ldaman.
Osmonda emasman, yerdaman,
Meni sevmanglar – men telbaman! (x2)

Ustimdan kulmang, do’stlar,
Telbaligim aybimmas.
Aqlli, boy bolalar ko’p,
Men telbadan ustunmas.

Bu hayot telba qildi,
Yirtib, yuragim tildi.
Balkim siz tentak dersiz,
Bu ham mening aslimmas.

Kuydirding, suydirding, bir so’zsiz ketding,
Aytgin, mendan qochib, qaylarga yetding?
Maqsading shumidi? Maqsadga yetding.
Telba qilib qo’yib, qaylarga ketding?