Yurak og’rib qiynalar qalbim
Bora-bora og’irlashar dardim
Bilsam hatto qolmabdi zarracha qadrim
Yaralandi qalbim
So’ramagin nega ketmoqdasan deb so’ramagin
Izlamagin qorong’u tunlar ichra izlamagin

Dam-dam yolg’onlaringga ber dam
Ko’nglimga malham endi emassan azizam
Dam-dam yolg’onlaringga ber dam
Ko’nglimga malham endi emassan azizam

Ortiq qaytib qilma qo’ng’iroq
Yozma xatlar yozmayman javob
Yozma meni qanchalar sog’inganing
Qolmadi xalovat ma’yus ko’nglim sen deb

Baytlarim haqiqat qayga qilding mani g’arq
Mendan bo’ldi yetar yurak sendan kechar
Azizam yolg’onlaringga ozgina bergin dam
Dam-dam yolg’onlaringga ber dam

Ko’nglimga malham endi emassan azizam (x2)
So’ramagin nega ketmoqdasan deb so’ramagin
Izlamagin qorong’u tunlar ichra izlamagin
So’ramagin…