Xayolim joyidamas aqldan ozdim
To`g`ri yo`l tanlamadim baxtimdan qochdim
Hiylayu-fitnalarga yuragimdan joy berdim
Nahotki qo`limdagi omadimni boy berdim

Nimalar yo`qotdim nimalarni topdim
Orzularim yo`lini birin-ketin yopdim
Balki bu sinovmi yoki taqdir peshona
Meni ado qilmasaydi shu kichkina xona

Qaytadimi hayotimga men yo`qotgan bahorlar
Aytadimi suyukligim qulog`imga izhorlar
Kulsam endi meni yig`latmanglar
Yerda yursam bas yashashni menga o`rgatmanglar

To`rt devor orasidaman olib ket olib ket
Qara men jar yoqasidaman olib ket olib ket
Endi kimlar qafasidaman olib ket olib ket olib ket

Qani endi hammasini oq qog`ozdan boshlasam
Bu holatda bo`lmasmidim to`g`ri qadam tashlasam
Kim aslida kimligini hozirgidek bilsaydim
Ko`zlariga qarab turib yolg`onlarin ko`rsaydim

Yaqin insonlarimni qadrimni yo`qotmasdim
Ikki dunyo xiyonatning botqog`iga botmasdim
Balki bu sinovmi yoki taqdir peshona
Meni ado qilmasaydi shu kichkina xona