Yillar o`taverar ekan go`yoki kun
Foniy narsa yo`qolib topilar mazmun
Bu uzundan-uzun tunda
O`zim bilan o`zim yolg`iz bugun

Asl ma’no yo`lida yo`ldan uradi hatto
Boqiy emish muhabbat – bir kunlik bo`ldi xato
Do`st deb ishonganing bo`lib chiqar ekan chatoq
Dilimning tubida ado bo`lib yig`lar sado

Yuragim ezilganda kimga aytaman ayt
Faqat onam indamay tinglaydi dardlarimni
Yo`llarimdan adashib qolganimda meni shu payt
Faqat otam ochadi yumilgan ko`zlarimni

Sevgilimga sevaman deb aytaman bemalol ammo
Negadir unutaman aytish sizlarga shuni
Sizlarni sevaman sizlarni sevaman sizlarni sevaman
Xudo bergan har kuni

Ko`nglimdagi navo ko`krakdagi havo –
Otam onam
Ko`nglimdagi navo ko`krakdagi havo