Yigit shaharga ketgandan so`ng oradan bir muncha
vaqt o`tib qizning uyiga ko`p joylardan sovchilar
kela boshlabdi Qiz kelgan sovchilarga rad javobini
beribdi Lekin sovchilarning ichidan bir boy yigitga
turmushga chiqishga rozilik beribdi
Taqdirning taqozosini qarangki kuyovning otasi
kelin bo`layotgan qizning ahdu-paymon qilgan yigitining
yoniga borib shu to`yda qo`shiq aytib berishini
iltimos qilibdi Yigit ham bo`lib o`tgan voqealardan
bexabar “xo`p bo`ladi xizmat qilib beraman” deb
rozi bo`libdi

To`y boshlanibdi Karnay-surnaylar chalinib
kelinni yor-yorlar sadosi ostida to`yxonaga olib
kelishibdi Shunda yigit ne ko`z bilan ko`rsinki
sevgan yori kelin bo`lib kirib kelayotganmish
Qizning ko`zi ham yigitga tushibdiyu nigohlar bir lahza
qotib qolibdi Yigitning ko`ziga dunyo qorong`ulashganday
tuyulibm ko`zlarida yosh ila shu qo`shiqni boshlabdi:

Kuylayurman nomus bilan or bilan
Yurak to`la armon bilan zor bilan
Zor titragan qo`limdagi tor bilan
Kuyar bo`lsam kuydim ko`ngil ko`yida
O`zim hofiz sevgan yorim to`yida {x2}
Ko`ngil ichra go`yo gavhar topgandim
Topgunimcha ortidan zor chopgandim
Yillar hijron azobini totgandim
Shirin hislar qoldi anhor bo`yida
O`zim hofiz sevgan yorim to`yida {x2}

Oy yuz yor yig`latdingku zor-zor
Bevafo oy yuz yor yig`latdingku zor-zor
Aylab meni xor-xor dildor
Dilim vayron vayron ko`ngil koshonam
Torim yig`lar yig`lar sevgim nishonam
Taqdir ekan na qilay sho`r peshonam
Yolg`iz qolsam nahot hijron o`yida
O`zim hofiz sevgan yorim to`yida {x2}

Ko`ksim xanjar tilsa parvo qilmasdim
Biz g`aribdan yor kechganin bilmasdim
Bilganimda zar sochsalar kelmasdim
Tillo uzuk yaltiraydi qo`lida
O`zim hofiz sevgan yorim to`yida {x2}
Oy yuz yor yig`latdingku zor-zor
Bevafo oy yuz yor yig`latdingku zor-zor
Aylab meni xor-xor dildor