Ketsam yaratgandan
Yolvorib so'rang
Mening ham joyimni
Ham jannatdan qilsin

Matoga siz meni
Mexirla o'rang
Ko'rganlar mexirsiz
O'tganim bilsin

Ketsam ortimdan siz
Yig'lab qolmang
Chunki qalbingizda
Yashab qolaman

Sog'insangiz meni
Siz izlab tolmang
G'arib ko'nglingizga
Mexir solaman