Yurakda o'chmasin
Ishqning jilosi
Alamga ko'chmasin
Ishqning jilosi
Hijronni tushmasin
Boshga balosi
Muhabbat otashdir
Muhabbat cho'g'dir
Seni izlagayman
Tog'u toshlardan
Axtarib yurgayman
Ko'zni yoshlaridan
So'ragayman bog'dagi
Gul qushlardan
Muhabbat go'zallik
Muhabbat og'u