Sen o'ylama va xafa bo'lma
Sensiz yashayotganimga
Ko'zlarimga cho'mgan qayg'u
Sensiz kulayotganimdan
Vasling bu ko'zlarimda
Ma'nosiz bu kunlarimda
Yuzlarimda soxta kulgu
Xabar olgin tushlarimda

Bu dunyo yolg'on bu dunyo
Qalbimni qiynaydi azob
Ololmayman o'zim qo'lga
Tark etarsan aytmay hatto

Sur'atingga dardim so'ylab
Sog'inganim aytarman
Sensiz dunyolar tatimas
Xazon kabi yasharman
Sen o'ylama va xafa bo'lma
Sensiz yashayotganimga
Ko'zlarimga cho'mgan qayg'u
Sensiz kulayotganimdan

Vasling bu ko'zlarimda
Ma'nosiz bu kunlarimda
Yuzlarimda soxta kulgu
Xabar olgin tushlarimda