Ko'rdim qanchadan qancha gunoh
Qayerlarda bo'ldi e'tirof
Kimga yomon kimga yaxshiroq
Aybimizni kechirsin Alloh

O'tdi oylar o'tdi qancha kun
Go'yo yashaydiganday hanuz
Qilib qolmasimizdan afsus
Ortimizdan qolsin yaxshi so'z
Kimga yomon kimga yaxshimiz
Ajratamiz kimga vaqtimiz
Rasululloh qaydasiz
Sog'ingan sizni ummatingiz
Ya Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
Ya Nabiyullah (sollallohu alayhi vasallam)
Ya Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
Ya Nabiyullah (sollallohu alayhi vasallam)

Halol Yashash go'yoki qiyin
Shayton qilar fitnayu o'yin
Senga bir maslahat aytayin
Robbimga duo qil tinmayin