Yolg`iz qoldim qorong`u bu zulmat xona
Dardlarimga sherik bo`ldi faqat xona

Endi shafqat kutmasman hech do`stimdan ham
Sen ham tashlab ketmoqdasan mani
Mayli ko`nay bu hayotning azobiga
Qoqilsam gar bu alamlar girdobiga
Qolib ketay yolg`onlaring sarobiga
Bir bor meni o`yladingmi gulim
Sensiz-sensiz kunim o`tar har bir tunim
Charchab ketdim gulim qiynalmoqda dilim
Sensiz-sensiz kunim o`tar har bir tunim
Charchab ketdim charchab ketdim…
Kechdingmi ayt nima sabab

Ketgan kuningdan boshlandi
Yurakda bor davosi yo`q bir dard

Alam so`nggi payt tinmasdan seni o`ylar edim
Sen esa o`ylamasdan qilding xiyonat nega ayt
Sen esa bahonalar qilar eding
Qilmadim deb sizga xiyonat
Yo`q eshitmayman bo`ldi hammasi tamom
Axir mendan kechib nimalarga erishmoqchi bo`lding ayt
Gap boylikda bo`lsa agar qancha kerak senga ayt
Qilmishlaring juda og`ir kulaymi yo yig`laymi
Bu yolg`on dunyodan ketaymi yo qolaymi
Ha gapir nega jimsan ayt
Eh qilib xiyonat endi kimsan ayt

Yoki men ham senday soxta oshiq bo`laymi
Muhabbatimni har kun pulga chaqib sotaymi

Va’dalari yolg`onchi yor aldading-ey
Dilim ezib hijronlarga tashlading-ey
Seni sevdim o`zgani hech sevmasdan-ey
Nahot meni o`ylamading aytgin gulim
Endi men kimni sevib kimni bilay
Dardlarimni kimga aytay kimga yig`lay
Va’da berib va’dangga sen vafo qilmay
O`lgan sevgimizni aytgin qayga ko`may
Sensiz-sensiz kunim o`tar har bir tunim
Charchab ketdim gulim qiynalmoqda dilim

Sensiz-sensiz kunim o`tar har bir tunim
Charchab ketdim charchab ketdim…