Bozorlarda olma sotib
Yurgan onam
Sovuqlarda ne azoblar
Ko'rgan onam
Mening uchun yaxshi hayot
Bergan onam

O'zini hech o'ylamagan
Mening onam
Kasal bo'lib yotib qolsa
Parvo qilmay
O'zi uchun hattoki bir

Dori olmay
Shamollash deb dardin hatto
Pisand qilmay
O'zini hech o'ylamagan
Mening onam

Kiyinmagan bir bora ham boshqalardek
Dunyo ekan eh onajon ne qilardik
Kiyinsangiz bo'lardiku o'zgalardek
O'zini hech o'ylamagan
Mening onam

Onajonim mehribonim
Boshi g'amdan chiqmagan hokisor onam
O'zini hech o'ylamagan
Mening onam

Onajonim mehribonim
Boshi g'amdan chiqmagan hokisor onam
O'zini hech o'ylamagan
Mening onam