Qordek oppoq ko'ngillarim
Bog'imda rayhon gullarim
Baxtimga yaxshiyam siz bor
Aziz opa-singillarim
Qordek oppoq ko'ngillarim
Bog'imda rayhon gullarim
Baxtimga yaxshiyam siz bor
Aziz opa-singillarim

Azizlarim suyganlarim
Dildan mehr qo'yganlarim
Birga davron surganlarim
Aziz opa-singillarim

Siz borsizki bag'rim butun
Bo'lmagayman g'amga tutqun
Shukr qilay siz bor uchun
Aziz opa-singillarim
Qordek oppoq ko'ngillarim
Bog'imda rayhon gullarim
Baxtimga yaxshiyam siz bor
Aziz opa-singillarim