Kel endi jabroil arshni supurgil
Bunda mexmon bo'lgani Rosululloh keladur
Mazo al basor ko'zlik shams va zuho yuzlik
barchadan shirin so'zlik Rosululloh keladur

Shamollarga borib aytgil sayr etishini qo'ysin
Be-odoblik qilmasin rosululloh keladur
Daryolarga ham aytgil mavj urishini qo'ysin
Oldida soqov tursin Rasululloh keladur
Rosululloh keladur Rosululloh keladur
Barchadan shirin so'zlik Rosululloh keladur
Ufuq-u maqomga borib yig'lab aytdi jabroil
Bundan o'tsam yo rasul qanotlarim kuyadur

Qiyomat kun bo'lganda yig'ilar barcha banda
Rosululloh kelganda ummatlaring keladur
Rosululloh kelganda ummatlaring keladur