Azoblardan charchadim
Yolg'onlardan charchadim
Qalbingdagi bu sevgi
Rostmi yolg'on bilmadim
Sog'indim balki bilib
Yurib yurib eslamading
Yoki atay bag'rim qaradingu indamading
Nahot shuncha bag'ritoshsan
Zarra meni o'ylamading
Yo'q ey yo'q

Ayro tushdi bizni yo'llar
Sen tomonga qayrilaman
Ko'rishmaymiz oy-u yillar
Nahot sendan ayrilaman
Begonadur endi dillar
Hamon senga talpinaman
Yor ey yor

Qoldimku seni sevib azoblar ichra
Yondimku dilimdagi alamlar ichra
Qoldimku seni sevib azoblar ichra
Yondimku dilimdagi alamlar ichra