Yuragimni umid o'tin uzib kelding
Yor yor chalib yuragimni ezib kelding
Nechun ahd-u poymonimni buzib kelding
Qo'shnimga ham kelin bo'lib kelasanmi
Ne qilishni bilmayman devonadek
Rashk o'tida yonarman parvonadek
Bo'lib qoldim yon qo'shnimga begonadek
Qo'shnimga ham kelin bo'lib kelasanmi

Mahallangda qolib ketsang bo'lmasmidi
Yo u yerda senga tole kulmasmidi
Boshqa yigit qo'shnimchalik sevmasmidi
Qo'shnimga ham kelin bo'lib kelasanmi

Yuragimni umid o'tin uzib kelding
Yor yor chalib yuragimni ezib kelding
Nechun ahd-u poymonimni buzib kelding
Qo'shnimga ham kelin bo'lib kelasanmi