Qaydasan gulim
Sog`indim-sog`indim vaslingni
Gavharim durim
Sog`indim bebaho qalbingni
Qaydasan go`zal yuzlari oqim
Mani bahorim qaydasan
Alam bu alam ko`risholmaymiz
Ko`zdagi yoshim alamim

Yuragimga to`lib ketdi
Sanga aytar so`zlarim
Qalbim o`zi yig`ib aytdi
Jondan ortiq sog`inganim

Tor ko`changda qolib ketdi
Qora ma’yus ko`zlarim
Endi nahot ko`rishmaymiz
Ko`rishmaymiz keragim