Yoqut ham ziynat ham
Arzimas boshga

Kun kelib aylanar
Beqadr toshga

Kech qolma ishonib
G'ururli yoshga
Oldingda tanloving
Ko'p emas ishon

Yo iymon yo isyon
Yo'q boshqa imkon
Yo'q boshqa imkon

Dunyoning sarvati
Shahvati soxta

Bir kafan qadardir
Bir nola ohida

O'ldirma vijdonni
May va qadahda
Oldingda tanloving
Yo'q emas ishon

Yo axloq yo halok
Yo'q boshqa imkon
Yo'q boshqa imkon