Shamol bo'lib qolgin
Olayin nafas
Zulmat ichra qoldim
Go'yoki qafasdaman

Mendan yiroqdasan
Yuragimda sog'inchlar
Sensizlikda jonim
Vujudim parchalanar

Hayoldan ketmaysan
Qalbimni qiynaysan sen nega
Azob berma menga
Nuqta qo'yma sevgimga

Sensiz yashay olmasman
Ishon so'zlarimga
Yuragim sen uchun
Urar har nafasimda

Jonginam imkon ber
Sevgimni rad etma
Olib ketay seni men
Muhabbat qasriga

Jonginam imkon ber
Sevgimni rad etma
Olib ketay seni men
Muhabbat qasriga