Bu dunyo faxsh ishlarga to'ldi
Qiyomat yaqinmi deymanda
Qalblarda iymon nuri so'ldi
Qiyomat yaqinmi deymanda
Yolg'onga to'ldiku bozorlar
Bunchalar ham ko'pdir ozorlar
Yolg'onga to'ldiku bozorlar
Bunchalar ham ko'pdir ozorlar

Toshlarga to'ldiku mozorlar
Qiyomat yaqinmi deymanda
Toshlarga to'ldiku mozorlar
Qiyomat yaqinmi deymanda


O'g'il qo'l ko'tarsa otaga
Qiz quloq solmaydi onaga
Kim hor qildi kim zor bolaga
Qiyomat yaqinmi deymanda
Musulmonmiz deymiz tillarda
Lekin iymon yo'qdir dillarda
Saxovat qolmagan qo'llarda
Qiyomat yaqinmi deymanda

Qizlarning qolmadi hayosi
Bunga sabab balki onasi
Qizlarning qolmadi hayosi
Bunga sabab balki onasi
Gapin o'tkazolmas otasi
Qiyomat yaqinmi deymanda
Gapin o'tkazolmas otasi
Qiyomat yaqinmi deymanda