Ko'nglimda shaham yorishmas
Tun ham uzun tong ham otmas

Yurakka hech nima yoqmas
Faqat siz qarimang otam
Faqat siz qarimang otam

Ko'nglingizda ne dardlar bor
Yaxshi inson bo'lmaydi xor
Yoningizda menday farzand bor
Faqat siz qarimang otam
Faqat siz og'rimang otam

Alloh o'zi menga bergan
Boyligimsiz mani otam

Kam-u ko'stimni yashirgan
Chin do'stimsiz mani otam

Sizsiz mani zo'r insonim
Qadrdonim tanda jonim
Tomirdagi oqqan qonim
Faqat siz qarimang otam
Faqat siz og'rimang otam