Umr oqmas bir tekisda tek
Kimlarnidir hasrat yengadi
Men topaman irodani lek
Ko’rgim kelar sizni negadir

Hayot ko’hna dono muallim
Sadoqatli do’st bo’lar o’lim
Garchi sizdan ayrodir yo’lim
Ko’rgim kelar sizni negadir

Tun kutaman oydin yulduzli
Kun kutaman nurafshon asli
Hey dilimni ezdi yolg’izlik
Ko’rgim kelar sizni negadir

Goh sevgidan toshgan daryosiz
Goh mehrga tashna sahrosiz
Men bilaman siz ham tanhosiz
Ko’rgim kelar sizni negadir

Muhabbatda mazmun erur erk
Bir armonga har kim egadir
Sizsiz menga barcha yo’llar berk
Ko’rgim kelar sizni negadir