Jonim sen mening yagonam
Hayotimdagi bir donam
Jonim sen mening yagonam (mening yagonam)
Xayolimdagi bir donam

O`tdi mana yana necha bahor-kuzlar
Ayriliqdan yosh to`kar necha qora ko`zlar
Agar termulsam sening ko`zlaringga
Neligini unutaman bu hayotni

Kimlarnidir yoshi bo`lib yog`aversin yomg`ir
Sevgi yo`q deganlarning gaplari yolg`ondir
Nega bo`lmasa sani sog`inadi qalbim
Gar shunday sevsam mani tark etadi aqlim

Yulduzlarga to`ldi osmon
Isming yuragimda har on
Xayollarimni band etar
Eslayman seni har zamon

Atirgulin quchadi bahor
Tinglagin so`zlarimni bir bor
Toki mavjudman jonginam
Sevaman toki so`nggi nafasim bor

Jonim sen mening yagonam
Hayotimdagi bir donam
Jonim sen mening yagonam (mening yagonam)
Hayotimdagi bir donam (x2)

Yulduzlarga to`ldi osmon
Yasmin yuragingda har on
Xayollaringni band etib
Sevasan meni har zamon

Atirgulin quchadi bahor
Tinglagin so`zlarimni bir bor
Toki mavjudman jonginam
Sevaman toki so`nggi nafasim bor