Sendan judo bo`lsamda
Kecholmadim azizim
Bugun ko`zlarimda nam
Sevgim yolg`on emas hech

Kechmagan bo`lsang mendan
So`z ochma judolikdan
Bu ne siru-sinoat
Kecholmadim azizim

Nimasini ham aytay
Bu sevgi sir emas hech
Taqdirga tan bermasdan
Tolmasman kurashishdan

Taqdir ekan tan berdim
Tole’yimga bitmading
Ishonaman kun kelar
Yulduzlar porlab ketar

Shunda taqdirning o`zi
Sevgimizga tan berar
Yillar yuvdi ko`nglimni
Sen yuvilib ketmading

Mayli sening ko`nglingni
Yil emas asr yuvsin
Yurakdagi sevgimning
Qudrati yuvilmasin