Sensan sevarim xoh inon xoh inonma
Qondur jigarim xoh inon xoh inonma
Hijron kechasi charxi falakka yetar ey moh
Ohi saharim xoh inon xoh inonma

Haqqoki qilich kelsa boshimg’a eshigingdan-ey voya
Yo’qdur guzarim xoh inon xoh inonma
Oy yuziga ko’z solg’ali o’zga kishi birla
Yo’qdur nazarim xoh inon xoh inonma

Ishq o’tida Lutfiy yuzi oltin yashirdi
Ey siymbarim xoh inon xoh inonma
Sensan sevarim xoh inon xoh inonma
Yo’qdur nazarim xoh inon xoh inonma
Qondur jigarim xoh inon xoh inonma
Xoh inonma