Hey baland togʻdan enar boʻldi Gulsara
Oʻtoviga kelar boʻldi Gulsara
Oʻlay bulay jigitlarga koʻnmay-a
Alpomisʼhday jigit kutar Gulsara
Menman degan jigitlarga koʻnmay-a
Alpomisʼhday jigit kutar Gulsara
Hay Gulsara Gulsara
Seni sevdim Gulsara
Senga sovchi qoʻysam men
Otang menga bera ma
Hey Gulsara Gulsara hey

Bogʻ oralab yuribsan ey yuribsan
Rosa oyday toʻlibsan ey toʻlibsan
Togʻ havosi senga juda yoqdimi
Pari desa parilarday boʻlibsan

Hay Gulsara Gulsara
Seni sevdim Gulsara
Senga sovchi qoʻysam men
Otang menga bera ma
Hey Gulsara Gulsara hey

Qiz boʻlsa ham togʻni talqon qilgʻuday
Kurash desa kurashib ham qoʻygʻiday
Menman degan jigitlar ey suygiday
Endi kimni suyar boʻldi Gulsara
Menman degan jigitlarga koʻnmay-a
Oʻtiz yoshda kelin boʻldi Gulsara
Hay Gulsara Gulsara
Seni sevdim Gulsara
Senga sovchi qoʻysam men
Otang menga bera ma
Hey Gulsara Gulsara hey