Bahorlarda ochilgan boychechagim
Bog`larimga sochilgan boychechagim
Bu chiroyni ayt gulim qaydan olding
Yuragimga muhabbat kuyin solding
Boychechagim qoraqosh boychechagim
Yulduzlarday sochilgan boychechagim
Chiroyingni ko`rib men suyib qoldim
Qo`lim yetmay o`zingga kuyib qoldim

Sochlaringni taraydi shamol suyib
Tovoningni o`padi qorlar erib
Oftob hayron boqqanda oy yuzingga
Men turibman chorasiz kunday kuyib
Boychechagim qoraqosh boychechagim
Yulduzlarday sochilgan boychechagim
Chiroyingni ko`rib men suyib qoldim
Qo`lim yetmay o`zingga kuyib qoldim