Sog’inch faqat bolalikka atalganmi
Diydor esa suratlarga qadalganmi
Inson faqat ishlash uchun yaralganmi
Keling bugun ko’rishaylik jigarlarim

Taskin topib bo’larmikan telefonda
Bir diydorga nima yetsin bu zamonda
Har kun bo’lmasada mayli onda-sonda
Keling bugun ko’rishaylik jigarlarim

Har kun bo’lmasada onda-sonda
Bir yig’ilib ko’rishaylik jigarlarim

Jigarlarim oh mening jigarlarim
Sog’intirganlarim-ey sog’inganlarim
Jigarlarim oh mening jigarlarim
Keling bugun ko’rishaylik jigarlarim

Ota bo’lib ota qadrin bilayabmiz
Ona bo’lib – Ona dardin bilayabmiz
Ular kabi biz ham bugun g’animatmiz
Keling tez-tez ko’rishaylik jigarlarim
Taskin topib bo’larmikan telefonda
Bir diydorga nima yetsin bu zamonda
Har kun bo’lmasada mayli onda-sonda
Keling bugun ko’rishaylik jigarlarim

Har kun bo’lmasada onda-sonda
Bir yig’ilib ko’rishaylik jigarlarim

Jigarlarim oh mening jigarlarim
Sog’intirganlarim-ey sog’inganlarim
Jigarlarim oh mening jigarlarim
Keling bugun ko’rishaylik jigarlarim