Yot uyida “yor-yor” bo`ldi voy alamjon jon alam
Yor o`zgaga yor bo`ldi voy alamjon jon alam

Yorga ohim yetmasmu vidolashib ketmasmu
Yangalar hushyor bo`ldi voy alamjon jon alam

Va’da bergan gul qolsin ishongan bulbul o`lsin
Muhabbat bozor bo`ldi voy alamjon jon alam

To`yga borganlar aytsin yorni ko`rganlar aytsin
Kimga kim ko`p zor bo`ldi voy alamjon jon alam

Ado bo`ldi Mug`anniy gado bo`ldi Mug`anniy
Suyanganim tor bo`ldi voy alamjon jon alam

Qochgani yo`l ko`p edi cho`kkani ko`l ko`p edi
Ayriliq shior bo`ldi voy alamjon jon alam

Ayriliq shior bo`ldi voy alamjon jon alam…