Goh o`zgarar sokin hayot
Kimdir to`sar daryoni ham
Qayg`urma do`st yov bo`lsa shod
Yor visolga bersa barham

G`amlar o`tar sabr etsang
Bo`lar oxir poklik g`olib
Yorug` kunlar kelar kutsang
Daryo yana oqar to`lib

Oqqan daryo oqmay qolmas
Butkul to`xtab qolganda ham
Yoqqan go`zal yoqmay qolmas
Ag`yor bo`xton qilganda ham

Oqqan daryo oqmay qolmas
Butkul to`xtab qolganda ham
Yoqqan go`zal yoqmay qolmas
Ag`yor bo`xton qilganda ham

Arazda ham sevgi yashar
Sinalar yor do`st-u oshno
Yana chaman bog`lar yashnar
Qo`shiqlarga to`lar dunyo

Oqqan daryo oqmay qolmas
Umidingni so`ndirma sen
Chin yor axir ishqdan tolmas
Ko`ngil gulin so`ldirma sen

Oqqan daryo oqmay qolmas
Butkul to`xtab qolganda ham
Yoqqan go`zal yoqmay qolmas
Ag`yor bo`xton qilganda ham

Oqqan daryo oqmay qolmas
Butkul to`xtab qolganda ham
Yoqqan go`zal yoqmay qolmas
Ag`yor bo`xton qilganda ham

Oqqan daryo oqmay qolmas