Karvon ko’rdim: tuyalari bo’zlab kelar
Nortuyada mening yorim izlab kelar
Menga bergan va’dalari esdan chiqib
Ostonasi tillo yurtni ko’zlab kelar
Peshonangga yozganidan ayrilma yor
Jonim chiqar qo’shiq aytsam qayrilma yor

Karvon yo’li ketgunicha qizg’aldoq zor
Yig’lamagin yig’lagandan dunyo bezor
O’ynab-o’ynab kulib-kulib ketayvergin
G’amga o’zim xaridorman o’zim bozor
Peshonangga yozganidan ayrilma yor
Jonim chiqar qo’shiq aytsam qayrilma yor

Qorli tog’dan naridadir o’zga diyor
O’zga yurtda kelin bo’lib qolishing bor
O’zga yurtda o’z yurtingni eslab turgin
Menga emas o’z yurtingga bo’l intizor
Peshonangga yozganidan ayrilma yor
Jonim chiqar qo’shiq aytsam qayrilma yor

Men-chi menga goh g’am to’lar alam to’lar
Gohi shodlik gohida g’am nolam to’lar
Bu dunyoki meni ko’nglim yarim etding
Yarmi bilan kuylasam ham olam to’lar
Peshonangga yozganidan ayrilma yor
Jonim chiqar qo’shiq aytsam qayrilma yor

Karvon ko’rdim: tuyalari bo’zlab borar
Nortuyada meni yorim izlab borar
Menga bergan va’dalari esdan chiqib
Ostonasi tillo yurtni ko’zlab borar