Izhorim aytganda deganding aslo
Sen Majnun ahvolin qilmagin havas
Muhabbat bog'iga yetar bir Laylo
Endi sen u emas men ham bu emas
O'zgalar nazdida sursamda davron
Ayriliq qiymalar dilni beomon
O'zgalar nazdida sursamda davron

Ayriliq qiymalar dilni beomon
Bu kun visol yiroq tuyg'ular xazon
Endi sen u emas men ham bu emas

Hanuz yodimdasan qandoq unutay
Sog'inching yurakda chalar maxzun nay
O'zga yor o'zingdek bo'lmasa netay
Endi sen u emas men ham bu emas

Hamon olamda sohib chiroysan
Mujgonlari paykon qoshlari yoysan
Faqat yot quchoqda balqigan oysan
Endi sen u emas men ham bu emas
Izhorim aytganda deganding aslo
Sen Majnun ahvolin qilmagin havas
Muhabbat bog'iga yetar bir Laylo
Endi sen u emas men ham bu emas