Bahor ayyomidur dag’i yigitlikning ovonidur
Ketur soqiy sharobi nozikim ishrat zamonidur
Gahi sahroi zori lola sham’idin erur gulgun
Gahi sahni chaman gul chehrasidin arg’uvonidur

Yana sahni chaman bo’ldi munaqqashrang gullardan
Munaqqashrang gullardan
Magar kim sun meni naqqoshig’a rang imtihonidur
Rang imtihonidur
Oo-o magar kim sun meni naqqoshig’a rang imtihonidur

Yuzing ey gul hayotim gulshani toza gulzori
Qadding ey gul hayotim bog’ining sarviravonidur
Qadding ey gul hayotim bog’ining sarviravoni
Sarviravoni ha-aa haa-ay

Na yerda bo’lsang ey gul andadur chun joni Boburning o dod-ey
G’aribingga tarahhum aylagilkim andijonidur
Na yerda bo’lsang ey gul andadur chun joni Boburning
Chun joni Boburning
G’aribingga tarahhum aylagilkim andijonidur

Kim andijonidur oo-o haa-ay
G’aribingga tarahhum aylagilkim andijonidur
Bahor ayyomidur dag’i yigitlikning ovonidur
Ketur soqiy sharobi nozikim ishrat zamonidur