Bitta alam shod kunda ham
Bizlarni tark etmayapti
Onajonim kulgulariz
Ko'z o'ngimdan ketmayapti

Bolam baxtli bo'lgin degan
Duolariz yetmayapti

Onam mening Jannatiy onam
To'ylarimni ko'rmagan onam

Bir chekkada yig'lar otam
Ko'zlarini berkitib
Hozir onam kelar deya
Akam ham yig'lar kutib

Sur'atingizga termulib
O'tiribman dard yutib

Onam meni Jannatiy onam
To'ylarimni ko'rmagan mening onam

Osmonlardan kuzatgan
Qo'llarini uzatgan
Nurlarini taratgan
Oh mening onam