Tunlari bedor bo'lib
Ko'zlarim izlar seni

Zimiston mu kechalarda
Yuragim izlar seni

Armon bo'lmasin sevgimiz
Kelgin yonimga meni
Ishqingda yonib bo'ldim men
Majnuning bo'lib seni

Osmonda qora bulutlar
Yomg'irdan berar darak

Chindan sevasanmi yorim
Kutib charchadi yurak

Ko'zlarimda yo'q uyqu
So'rab qiynadi yurak
Sensizlikka ishon jonim
Chiday olmasam kerak

Yomg'ir sevgilimni menga olib kel
Yomg'ir dardlarimni mendan olib ket