Men kim oddiy bir masxaraboz
Kuldiraman juda ham soz
Kulmang do`stlarim siz bir nafas
Men ham odam masxaraboz emas

Faqat Tangrim shundek yaratdi
Sizni bizlarga lol qilib qaratdi

Hazil – tagi zil haq so`zni yaratdi
Bizni do`stlarim masxaraboz deb atabdi

Hayotning o`zi katta tomosha
Har kimning libosi o`ziga yarasha
Hayotning o`zi katta tomosha
Har kimda niqob o`ziga yarasha

Tangrim niqoblar ulashgan chog`i
Bizga tekkani masxaraboz niqobi

Men kim oddiy bir masxaraboz
Kuldiraman juda ham soz
Kulmang do`stlarim siz bir nafas
Men ham odam masxaraboz emas

Kimdir u deydi kimdir bu deydi
Hamma menga bir kuldir deydi

Bir axmoq gapi ma’qul tushsa
Masxaraboz sho`rlik kaltak yeydi

Men kim oddiy bir masxaraboz
Kuldiraman juda ham soz
Kulmang do`stlarim siz bir nafas
Men ham odam masxaraboz emas

Siz ham odam masxaraboz emas
Biz ham odam masxaraboz emas