O`tar umr o`tadi kunlar
Yashar baxtsiz baxti butunlar
Ey mening adashgan bechora baxtim
Eslatar seni oq atirgullar

Bilsang yurakda dog`im bor mening
Dog`imdan qolgan bir bog`im bor mening
Unutish uchun o`tsa ham yillar
Eslatar seni oq atirgullar

Oq atirgullar oppoq atirgullar
Men uchun atalgan bir bog` atirgullar
Oq atirgullar oppoq atirgullar
Chorlaydi sen tomon meni bu gullar
Bir qush bo`lib parvona qilding
Es-hushimdan ham devona qilding
Ul kundan abgor devona dillar
Eslatar seni oq atirgullar

Tan berib taqdirga qul bo`ldim o`zim
Suymagan bulbulga gul bo`ldim o`zim
Borim deb atashga ojiz bu tillar
Eslatar seni oq atirgullar

Oq atirgullar oppoq atirgullar
Men uchun atalgan bir bog` atirgullar
Oq atirgullar oppoq atirgullar
Boshlaydi sen tomon meni bu yo`llar