Qaro sochlaringni
Surtib yuzimga
Har bir tolasiga bayt bitardim
Qaro sochlaringni
Surtib yuzimga
Har bir tolasiga ayt bitardim

Qorong'u ko'rinsa
Dunyo ko'zimga
Qorong'u sochingga
Kirib ketardim

Dilbarim kel Dilbarim kel
Dilbarim kel Dilbarim kel
Nafasimdan titrar
Soching tolasi
Qirq o'rim soch
Posbon turar boshimda

Nafasimdan titrar
Soching tolasi
Qirq o'rim soch
Posbon turar boshimda