Sen meni eslama
Seni eslamay
Qo'yganim qancha
Bo'lyapti axir

Doim kulib yurgin
Shudir tilagim
Ko'zlaringda hech ham
Bo'lmasin qahr
Sen meni eslama
Yoring oldida
Eslashing aslida
Katta bir gunoh

Ikkingizni ipsiz
Bog'lab turibdi
Yaratgan in'omi
Qudratli Nikoh