Oy sendan iltimos – yo`llarin yorit
Yarim kecha uyga qaytyapti erkak
O`zin ovutishga xasta ovozda
Eski bir qo`shiqni aytyapti erkak

Sevganiga gullar olib berolmay
Qadoq qo`llarini urar devorga
Cho`ntagiga puldan solib qo`y hayot
U qiz tegmasidan boshqa birovga

Cho`ntagiga puldan solib qo`y hayot
U qiz tegmasidan boshqa birovga

Oy sendan iltimos – yo`llarin yorit
Yarim kecha uyga qaytyapti erkak
O`zin ovutishga xasta ovozda
Eski bir qo`shiqni aytyapti erkak

Yomg`ir bo`lsa nima qor bo`lsa nima
Kasal bo`lsa nima sog` bo`lsa nima
Uyiga issiq non kirishi kerak
Chala qolgan uyi bitishi kerak

Oy sendan iltimos – yo`llarin yorit
Yarim kecha uyga qaytyapti erkak
O`zin ovutishga xasta ovozda
Eski bir qo`shiqni aytyapti erkak

Bag`ringga ol uni ey kimsasiz bog`
Uyidan haydaldi sen ham haydama
Hech kimga aytmadi shu holini ham
Ertaga ketadi sen ham indama

Hech kimga aytmadi shu holini ham
Ertaga ketadi sen ham indama

Oy sendan iltimos – yo`llarin yorit
Yarim kecha uyga qaytyapti erkak
O`zin ovutishga xasta ovozda
Eski bir qo`shiqni aytyapti erkak