Firoqda boshimni qo'yib ming g'amga
Azobli sog'inchni ichga yutaman
Yo'llarimga mushtoq mushfiq onamga
Musofir yurtlardan noma bitaman

Gohida qil sig'may qolar ko'nglimga
Dod solmay o'ksib o'zim tutaman
Aka-yu ukayu opa singlimga
Musofir yurtlardan noma bitaman
Aka-yu ukayu opa singlimga
Musofir yurtlardan noma bitaman

Otayu onamni yuzin ko'rolmay
Opa-yu singillar holin so'rolmay
Yil bo'yi vatanga bir bor borolmay
Musofir yurtlardan noma bitaman