Ishq bu yana bir sevgi bilan
Yonishmikan ishq
Yor labidan bitta bo'sa
Olishmikan ishq
Yillar o'tib
Bir orzuing ushalganida
Yana o'zgasini
Sevib qolishmikan ishq

Jon qachongacha alamlardan
Yonar ekan jon
Qachongacha o'zidan o'ch
Olar ekan jon
Bu dardlardan

Endi omon qolarmikan jon
Dildagi yurak
Asli kim yurak
Yana takror
Sevmoq bu ne demak
Bo'lib abgor

Ko'zimdan yo so'zimdan adashdim
O'zimdan yo esimda adashdim
Nechanchi bor
Bu yo'llarda
Go'zallar bisyor

Qani o'sha men uchun betakror
Dildagi yor
Ishq Yana bizni
Layli majnun etrmikan Ishq