Bo'lishi mumkindir
Yomg'irsiz bulut
Javobsiz savollar
O'rniga sukut
Yulduzlarsiz ham tun
O'tadi yoxud
Qishni ham o'tkazsa
Bo'ladi qorsiz
Men yashay olmasman
Sensiz sensiz
Men yashay olmasman
Sensiz sensiz

Burgutlar in qurmas
Bo'lmasa qoya
Hech qachon ko'rinmas
Ziyosiz soya
Salom ham aliksiz
Bo'lmas nihoya
Kelmaganday xuddi
Yozlar bahorsiz
Men yashay olmasman
Sensiz sensiz
Men yashay olmasman
Sensiz sensiz